Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

International Summer Internship in Turkey: Turkiyada to‘liq moliyalashtirilgan dastur orqali amaliyot o‘tab kelish imkoniyati

20.04.2022 20:40
International Summer Internship in Turkey: Turkiyada  to‘liq moliyalashtirilgan dastur orqali amaliyot o‘tab kelish imkoniyati

Muddati:

10.06.2022

Davlat:

Turkiya

Rasmiy havola:

www.tbb.gov.tr

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

International Local Authorities Internship Program: 2012-yildan beri Turkiya Munitsipalitetlari Ittifoqi tomonidan har yili tashkil etiladigan xalqaro stajirovka dasturi boʻlib, ishtirokchilarga koʻrsatmalar, amaliy misollar va joylarga tashriflar, jumladan, ijtimoiy tadbirlar va Turkiyaning turli shaharlariga sayohatlar orqali mahalliy boshqaruv boʻyicha treninglar oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.

LOCALINTERNational butun dunyo boʻylab Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga koʻproq eʼtibor qaratgan keng doiradagi ishtirokchilarga munitsipal ish namunalarini oʻrganish, muloqot qilish va ilgʻor tajribalarni koʻrish uchun xalqaro oʻquv muhitini taqdim etib kelmoqda. Ushbu amaliyot dasturidan asosiy maqsad yoshlarni bo‘lajak leader, rahbar sifatida tarbiyalash hamda xalqaro tajraba bilan tanishtirishdan iborat.

Eslatma: Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi. Jumladan, xalqaro safar xarajatlari, oziq ovqat, turar joy kabi barcha xarajatlar to‘liq moliyalashtiriladi. Amaliyot dasturi 2022-yil 21-27 avgust sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Dastur davomida siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

· Mahalliy boshqaruv organlarining asosiy qadriyatlari;

· Mahalliy demokratiya va ishtirok etishning ahamiyati;

· Mahalliy hokimiyat organlarining ijtimoiy-madaniy faoliyati;

· Mahalliy boshqaruv organlarining global va mintaqaviy tashkilotlari;

· Mahalliy hukumatlar va barqaror rivojlanish maqsadlari;

· Turkiyadagi mahalliy hokimiyatlar;

· CV tayyorlash va intervyu texnikasi;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Ingliz tilini yaxshi bilish (IELTS/TOEFL sertifikatlari talab etilmaydi);
  • Bu yilgi bitiruvchilar yoki 1- kurs magistratura bosqichi talabalari;
  • Shuningdek quyidagi yo‘nalishlarda bakalavriat bosqichini oxirgi bosqichida tahsil olayotgan talabalar yoki 1- kurs magistratura bosqichi talabalari :

- Huquq;

- Iqtisodiyot;

- Shahar/mintaqaviy rejalashtirish;

- Sotsiologiya;

- Statistika;

- Aloqa;

- Siyosatshunoslik;

- Xalqaro aloqalar;

- Ma’muriy fanlar;

- boshqa shunga o‘xshash sohalar;

MUHIM: Oxirgi muddat: 10-iyun 2022-yil, ammo imkoni boricha tezroq topshirish tavsiya etialdi. Bu yerdan onlayn ariza shaklini to‘ldiring! Savollar yuzasidan ushbu emailga bog‘laning