Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ham test, ham ijodiy imtihon olinadigan yo‘nalishlarda ijodiy imtihonlar test shakliga o‘zgartirilishi rejalashtirilmoqda

23.07.2020 12:42
Ham test, ham ijodiy imtihon olinadigan yo‘nalishlarda ijodiy imtihonlar test shakliga o‘zgartirilishi rejalashtirilmoqda

OTMlarga qabulda ham test sinovlari, ham ijodiy imtihon olinadigan 13ta yo‘nalishda bu yil ijodiy imtihonlar bekor qilinishi kutilmoqda.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi abituriyentlarga imtihonlar bo‘lmaydi. Ular ikkita fandan test topshiradi.

«Birinchi fan aniq. Test uchun ikkinchi fan sifatida esa o‘tgan yili test jarayonida qo‘yilgan 3-blok fani qo‘yib beriladi. Masalan, o‘tgan yili 3-fan ingliz tili bo‘lgan bo‘lsa, bu yil u ikkinchi fan sifatida qo‘yiladi», – dedi Xoliqov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, faqat ijodiy imtihon olinuvchi yo‘nalishlar uchun tartib o‘zgarmay qoladi.

Davlat qabul komissiyasining tegishli qarori tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

«Bu bo‘yicha ishchi guruh a’zolari o‘rtasida juda ko‘p bahslar bo‘ldi. Ha, testga qadar ijodiy imtihon topshiruvchilarga bu jarayon tashkil qilinishi mumkin edi, lekin hozir biz OTMga test boshlanguncha ijodiy imtihonlarni olinglar desak, ular ulgurolmasdi.

Ikkinchidan, ko‘ryapsiz vaziyatni, hozir abituriyentni bir joyga yig‘adigan vaziyat emas.

Bu yerda faqat 8-9ta yo‘nalish bor. Masalan, jurnalistika, arxitektura kabi. Hozir vaziyat shundayki, hamma unga moslashishga, ko‘nikishga majbur. Masalan, Mudofaa vazirligi tizimidagi ijodiy imtixonlar ham bu yil to‘liq test shaklida o‘tishi kutilmoqda», – dedi Abduvali Xoliqov Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali suhbatda.

Ma’lumot uchun, bakalavriatning 13ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qishda kirishda bitta fandan test va kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan edi.