Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

iBook.uz stipendiyasi: talabalar uchun ajoyib tanlov!

3.04.2022 02:00
iBook.uz stipendiyasi: talabalar uchun ajoyib tanlov!

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida Respublikamizdagi eng yirik kitob do‘konlaridan biri bo‘lgan “iBook.uz” va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi tashabbusi bilan talabalar uchun “iBook.uz stipendiyasi” tanlovini e’lon qiladi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsadlar:

Talabalarning intellektual salohiyatini oshirish;

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash;

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;

Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish;

Talabalarni moliyaviy rag‘batlantirishdan iborat.

Bizning asosiy maqsadimiz zamonaviy yo‘llar bilan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekiston ta’lim sohasini yanada rivojlantirishdan iborat.

Stipendiya tashkilotchilari:

Hamkorlar:

Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi:

  • 24-aprel

Tanlov kimlar uchun?

  • Respublikamizda tahsil olayotgan barcha bakalavr bosqichi talabalari uchun

G‘oliblari uchun mukofotlar:

G‘oliblarni maxsus sovg‘alar kutmoqda. Stipendiya g‘oliblari “iBook.uz stipendiyasi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari, maxsus grantlar, ajoyib kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi. Shuningdek tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

✅ Eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 nafar ishtirokchiga:

“iBook.uz stipendiyasi” tanlovi statuetkasi va maxsus guvohnomasi;

— Har bir ishtirokchiga 1 million (bir million) so‘m stipendiya;

— Eng sara kitoblar jamlanmasi.

✅ Final bosqichida faol ishtirok etib, natijalari yaxshi deb e’tirof etilgan navbatdagi 30 nafar ishtirokchiga:

“iBook.uz stipendiyasi” maxsus QR-kodli diplomi;

— Har bir ishtirokchiga"iBook.uz" istalgan kitobni harid qilishlari uchun 500 ming so‘m maxsus grant-vaucher;

— Eng sara kitoblar jamlanmasi.

Ushbu stipendiya miqdorlari bir martalik stipendiya to‘lovi bo‘lib, joriy o‘quv yilida talabalarning tashabbuslari va takliflari tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va keyingi o‘quv yillaridan stipendiya sovrindorlari soni va ularga beriladigan stipendiya miqdorlari oshirib boriladi.

✅ Final bosqichining boshqa ishtirokchilariga esdalik kitoblar va "iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘idan maxsus imkoniyatlar taqdim etiladi.

✅ Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasi maxsus QR-kodli sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Stipendiya uchun kvota:

Sovrindorlari soni joriy o‘quv yilida 50 nafar talaba uchun belgilangan.

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

“iBook.uz stipendiyasi” tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar mustaqil ravishda OLIYGOH.UZ platformasi tizimidan ro‘yxatdan o‘tadilar va tanlovning sinov shartlari bilan oldindan tanishadilar. Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus kod jo‘natiladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining “Shaxsiy kabineti” faollashtiriladi.

Tanlov bosqichlari

Yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda tanlov bosqichlari umumiy baholash tizimi orqali baholanadi hamda saralanadi. Tanlov uch bosqichda tashkil etiladi.

Birinchi bosqich

Birinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.

Imtihon turi: IQ (mantiqiy fikrlash)ga oid 40 ta test savollari.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovining 1-bosqichi 24-aprel kuni soat 18:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 40 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari mumkin. 1-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandat shakllantiriladi hamda 2 ming (ikki ming) nafar ishtirokchilar 2-bosqichga o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich

Ikkinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) Tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida onlayn shaklda imtihon topshiradilar va eng yuqori ko‘rsatgichga ega nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oladilar.

Imtihon turi: Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan 7 ta kitobdan tuzilgan 40 test savoli. Ushbu bosqich savollari to‘liq fikrlashga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar tanlab olingan kitoblardan imtihon topshiradilar.

Hozirda yoshlar orasida ommaviy eng ko‘p o‘qilgan (TOP bestseller) hamda shaxsiy rivojlanishga doir asarlar tanlab olingan. Kitoblar ro‘yxati tanlovning maxsus komissiyasi hamda iBook.uz kitob do‘konlari tarmog‘i mutaxassislari tomonidan tavsiya etilgan. Kitoblar ro‘yxati:

— Lolazor (Murod Muhammad Do‘st)

— Factfulness (Hans Rosling)

— G‘oliblik qonuniyatlari (Bodo Shefer)

— Labirint (Frans Kafka)

— Alvido, Vatan (A’zam Hoshimiy)

— Tirilish (Lev Tolstoy)

— Tanlangan asarlar (Mahmudxo‘ja Behbudiy)

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 2-bosqichi 15-may kuni soat 18:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida barcha nomzodlar 40 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari mumkin. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 200 (ikki yuz) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Uchinchi bosqich

Uchinchi bosqich: Ushbu bosqich tanlovning eng asosiy bosqichi bo‘lib, final bosqichiga yo‘llanma olgan nomzodlar "Yuksalish" liderlar akademiyasining Toshkent shahrida joylashgan markazida sinovdan o‘tishadi.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovining 3-bosqichi 29-may kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bosqichda ishtirokchilar tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan kitoblarning biri asosida taqriz (shaxsiy sharh) yozadilar. Kitoblar ro‘yxati:

Chol va dengiz (Ernest Xeminguey)

— Kamon yo‘li (Paulo Koelo)

— Asrga tatigulik kun (Chingiz Aytmatov)

Taqrizlar 100 ballik tizimda baholanadi. Taqrizda nomzodlar kitobni to‘liq tahlil qila olishlari kerak. Bunda nomzodarning mustaqil fikrga egaligi, taqrizda yozilgan fikrlarning izchilligi va ravonligi shuningdek xulosaning o‘ziga xosligi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.

Eslatma: Final bosqichiga yo‘llanma olgan nomzodlar finalga kelishdan oldin OLIYGOH.UZ platformasi maxsus imtihon oynasi orqali shaxsiy hujjatlarini taqdim etishlari kerak. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda maxsus platforma oynasi orqali taqdim qiladilar:

— shaxsni tasdiqlovchi hujjat;— o‘qish joyidan ma’lumotnoma (my.gov.uz orqali tasdiqlangan yoki dekanat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma);— CV (ma’lumotnoma).

Tanlov natijalari 2 hafta davomida e’lon qilinadi.

Umumiy natijalar maxsus komissiya qaroriga asosan aniqlanadi. Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan, tanlov sovrindori bo‘lgan talabalar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Maxsus komissiya

Tanlovning maxsus komissiyasi "iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i mutaxassislari, "Yuksalish" liderlar akademiyasining malakali ustozlari va OLIYGOH.UZ jamoasi a’zolaridan tarkib topgan. Tanlovni tashkil etish, o‘tkazish va taqdirlash marosimlari maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Taqdirlash marosimi

Stipendiya tanlovi g‘oliblari "iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

Tanlov tashkilotchilari barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

Tanlovda qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda maxsus mukofotlarga ega bo‘ling:

1-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun,"iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i Respublikamizda faoliyat yuritayotgan eng yirik kitob do‘konlaridan biri bo‘lib, hozirda kitobxon yurtdoshlarimizga mingdan ortiq turdagi kitoblarni yetkazib bermoqda. Bu yerga tashrif buyurgan kitobxonlar nafaqat kitoblar sotib olishi mumkin, balkim xohlagan kitobni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, "iBook.uz" da kitobxonlar uchun maxsus "Book-cafe" tashkil etilgan bo‘lib, nafaqat issiq choy yoki kofe ichishingiz balki bir piyola choy ustida suhbat qurishingiz, turli g‘oya va rejalaringizni muhokama qilishingiz ham mumkin bo‘ladi. Eng muhimi, bu yerda barcha kitoblar Respublika bo‘yicha eng arzon, hamyonbop va chegirmaviy narxlarda taqdim qilinadi. Bu yerga tashrif buyurgan kitobxonlar istalgan turdagi kitoblarni topish imkoniyatiga egadir. Shuningdek, doimiy tarzda ko‘plab tanlovlar, kitobxonlar bilan davra suhbatlari, turli muhokamalar o‘tkazilib turiladi. Sizni ham "iBook.uz" ga taklif qilamiz :)

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumanida (Shuxrat chorrahasi) joylashgan (Google map).

Online murojaat: @iBook_Uzbekistan