Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan NEXT IMAGE foto va video tanlovda ishtirok etib $10.000 yutib olish imkoniyati

29.09.2021 13:29
Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan NEXT IMAGE foto va video tanlovda ishtirok etib $10.000 yutib olish imkoniyati

Muddati:

30.11.2021

Davlat:

Xitoy

Grant turi:

Tanlovlar

2017-yildan buyon Huawei kompaniyasi tomonidan Next Image fototanlovi bo‘ib o‘tadi. Bu yilgi tanlovda 10 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

  • PORTRAIT - odamlarning yuzi, portretlari aks etgan suratlar;
  • MONOCHROME - oq qora rangli suratlar;
  • COLOUR - rangli suratlar;
  • SNAPSHOT - esdan chiqmas xotiralar muhrlangan suratlar;
  • NIGHT - tun aks etgan noyob suratlar;
  • TELEPHOTO - manzara yokki boshqa vaziyatlar aks etgan telefonda olingan suratlar;
  • SUPER WIDE ANGLE - katta va keng manzaralar aks etgan suratlar;
  • SUPER MACRO - Manzaralarni suratga olish yoki his -tuyg‘ularni etkazish uchun makro kameradan foydalanilgan suratlar;
  • STORY CREATOR - 15 daqiqadan kam davom etadigan hikoyalar;
  • STORYTELLER - bitta mavzu, his -tuyg‘ularni ifodalaydigan 3 dan 9 gacha fotosuratlar to‘plami.

ESLATMA! Yo‘nalishlar bo‘yicha namuna ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, kerakli yo‘nalishni ustiga bosing.

Mukofotlar:

  • Grand prize Winners - $10,000 - 3 nafar;
  • Best-in-Category Winners - $1,000 - 27 nafar;
  • Runner-up Winners - Huawei Watch3 - 30 nafar;
  • Student Focus Award Winners - $1,000 - 10 nafar;

Qolaversa, barcha g‘oliblarga elektron sertifikatlar beriladi.

Tanlovda qatnashish uchun avval onlayn ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
Tanlovda qatnashish shartlari va talablar haqida batafsil shu yerdan bilib olishingiz mumkin.