Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

HEMIS dasturi kirib bormagan nodavlat oliygohlar diqqatiga!

01-may 10:17
HEMIS dasturi kirib bormagan nodavlat oliygohlar diqqatiga!

Davlat oliygohlarida o‘qitish tizimi HEMIS dasturi asosida kredit-modul hisobida o‘qitiladi. Nodavlat oliygohlarning ham ayrimlari ushbu dasturda ta’lim berib kelishmoqda.

Biroq, endilikda ushbu dastur asosida o‘qitilmaydigan nodavlat oliygohlarning bitiruvchilariga diplom berilmaydi. Yangi o‘quv yiliga qadar (iyul oyi) barcha nodavlat oliygohlari HEMIS dasturiga o‘tishi va talabalik safiga qabul qilingan barcha talabalari dasturga kiritilgan bo‘lishi lozim.

Dasturga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi.