Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Goi Peace Foundation tomonidan tashkil etiladigan insholar tanlovi

25.04.2022 11:09
Goi Peace Foundation tomonidan tashkil etiladigan insholar tanlovi

Muddati:

15.06.2022

Rasmiy havola:

www.goipeace.or.jp

Grant turi:

Tanlovlar

“Hayot nima?” xalqaro insholar tanlovi.

Tugash muddati: 2022-yil 15-iyun.
Ishtirokchilar: butun dunyodan 25 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar.
Mukofotlar: 100 000 yen, 50 000 yen, sertifikatlar va sovg‘alar.

Goi Peace Foundation tomonidan Yaponiyada “Hayot nima?” xalqaro insholar tashkil etiladi. Butun dunyodan 25 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar ishtirok etish uchun taklif etiladi.

“Mening qadriyatlarim” mavzusidagi insholar qabul qilinadi.

Bizning qadriyatlarimiz qanday fikrlashimiz va harakat qilishimizni belgilaydi va biz yashayotgan jamiyatni shakllantiradi. Siz uchun qanday qadriyatlar aziz?

Insho ingliz, fransuz, ispan yoki nemis tillarida 700 ta soʻzdan yoki yapon tilida 1600 ta belgidan oshmasligi kerak, insho sarlavhasi va muqova sahifasidan tashqari. Insho original va nashr etilmagan bo‘lishi lozim. Bitta ishtirokchidan bir nechta arizalar qabul qilinadi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar alohida baholanadi.

DOC, DOCX yoki PDF formatidagi, muallifning ismi va unvonini o‘z ichiga olgan yagona fayl ko‘rinishidagi insholar tanlovning rasmiy sahifasi orqali 1-martdan boshlab yuklanishi mumkin.

Batafsil.