Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bepul onlayn kurslar to‘plami!

19.04.2022 10:51
Bepul onlayn kurslar to‘plami!

Bepul onlayn kurslar to‘plami.

Koreys tili bepul onlayn kursi

Janubiy Koreyaning eng qadimgi universiteti bo‘lgan Yonsey universiteti Coursera platformasida o‘zining onlayn koreys tili kursini taklif etadi. Kurs oʻqituvchisi Yonsey universiteti qoshidagi koreys tili instituti professori Sang Mi Xan. Ushbu kursning bir qismi sifatida talabalar kundalik muloqot uchun zarur bo‘lgan til ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi. Kurs mutlaqo bepul, sertifikatni pullik yoki moliyaviy yordam olish uchun ariza berish orqali olish mumkin.

▶️Batafsil: https://is.gd/ROMkrj

Google’dan bepul onlayn kurs

"Internet-marketing asoslari" - bu sertifikatli bepul onlayn kurs. Kurs video va amaliy mashqlar bilan 26 ta o‘quv modullarini o‘z ichiga oladi. Ularning barchasi raqamli marketingning turli muhim jihatlariga bag‘ishlangan: tahlil, biznes strategiyasi, kontent marketingi, displey reklama, elektron pochta marketingi, SEO. Istalgan vaqtda qo‘shilishingiz mumkin. Kurs rus tilida mavjud.

▶️Batafsil: https://is.gd/VOEmQV

Stanford.Online dan onlayn kurslar

Sun’iy intellekt, antibiotiklar, media-texnologiyalar, bolalar ovqatlari va pazandachilik, ma’lumotlar bazalari, kriptografiya, o‘yin nazariyasi, innovatsiyalar va tadbirkorlik, Stenford universitetining ushbu kurslarining barchasi bepul.

▶️Batafsil: https://is.gd/llB9Sb

London universiteti bepul onlayn kursi

London universiteti barchani Coursera platformasida onlayn kursga taklif qiladi. Xalqaro biznes muhiti kursi biznesni tahlil qilishning asosiy usullarini o‘z ichiga oladi: PESTLE, SWOT, Boston Box Matrices, Porter’s Five Forces. Dasturning davomiyligi 4 hafta, barcha ma’ruzalar va testlar bepul. Istalgan vaqtda qo‘shilishingiz mumkin.

▶️Batafsil: https://is.gd/dR4F9n