Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil” tanlovi

13.04.2022 12:27
Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil” tanlovi

Muddati:

13.04.2022

Rasmiy havola:

forms.gle

Grant turi:

Tanlovlar

Jan Monne nomidagi Toshkent Yevropa tadqiqotlari fanlari markazi #MenDiplomatman telegram kanali bilan hamkorlikda “Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil” tanlovini o‘tkazmoqda.

Tanlovdan maqsad talabalarning Yevropa Ittifoqiga boʻlgan qiziqishini oshirish, bilimlarini kengaytirish va ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirishdan iborat.

Tanlov 3 bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich ishtirokchilarning iqtisod, siyosat va Yevropa Ittifoqi huquqi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish shaklida bo‘ladi.

Sana: 16-aprel.
Soat: 13.00.
O‘tkazish joyi: contest.tashcoe.uz platformasi.

Eslatib oʻtamiz, tanlov ishtirokchilari uchun roʻyxatdan oʻtish shakli 13-aprel kuni soat 21.00 da yopiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.