Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Insholar tanlovi: maktab o‘quvchilari uchun $25 dan $5000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati

9.09.2021 23:23
Insholar tanlovi: maktab o‘quvchilari uchun $25 dan $5000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati

Muddati:

28.04.2022

Rasmiy havola:

programs.aynrand.org

Grant turi:

Tanlovlar

Dunyo bo‘ylab maktabning so‘nggi bosqichida o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun mashhur yozuvchi Ayn Rendning THE FOUNTAINHEAD asari asosidagi mavzulardan biriga insho (essay) yozib, $5000gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati mavjud. Kitobning elektron variantini (bepul) 24 soat ichida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz, SHU MANZILga murojaat qiling.

Yutuqlar:

  • 1-oʻrin (1 nafar) – $5000;
  • 2-oʻrin (3 nafar) – $1250 ;
  • 3-oʻrin (5 nafar) – $250;
  • Finalistlar (25 nafar) – $100 ;
  • Yarim-finalistlar (50 nafar) – $25 .

Esse mavzulari haqida batafsil SHU YERDA.

Talablar:

  • Nomzodlar 13 yoshdan yuqori va maktabning 8-12-sinflarida (yoki ekvivalent) o‘qiyotgan bo‘lishi shart;
  • Nomzod Ayn Rand oliygohidagi xodimning qarindoshi bo‘lmasligi kerak;
  • Insho ingliz tilida yozilgan bo‘lishi va 800-1600 so‘z atrofida bo‘lishi lozim;
  • Insho faqatgina o‘quvchi tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak, plagiat ishlar qabul qilinmaydi.
  • Har bir ishtirokchi bir marta qatnasha oladi.

Insho va qatnashish shartlari haqida batafsil SHU YERDA.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun SHU YERGA kiring.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: essays@aynrand.org