Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Eski DTM 2022-yilda 2 mln nafardan ortiq talabgorga xizmat ko‘rsatgan

28.03.2023 09:20
Eski DTM 2022-yilda 2 mln nafardan ortiq talabgorga xizmat ko‘rsatgan

2022-yil davomida agentlik tomonidan 52 turdagi test sinovlari tashkil etilib, unda 2 mln. nafardan ortiq talabgorning bilimi sinovdan o‘tkazilgan. Bu haqda bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Jumladan:

🔹 Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 21 ming nafardan ziyod;

🔸 Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 1,1 ming nafardan ziyod;

🔹 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari – 63 ming nafardan ziyod;

🔸 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari – 11 ming nafardan ziyod;

🔹 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish test sinovlari – 269 ming nafardan ziyod;

🔸 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari – 1 mln. 146 ming nafardan ziyod;

🔹 Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari – 23 ming nafardan ziyod;

🔸 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari – 80 ming nafardan ziyod;

🔹 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylariga kirish test sinovlari – 11 ming nafardan ziyod;

🔸 Professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari – 172 ming nafardan ziyod;

🔹 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari – 22 ming nafardan ziyod;

🔸 Boshqa imtihonlar – 230 ming nafardan ziyod.