Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!

25-may 16:38
Diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi.

Diplomi shikastlangan yoki yo‘qolgan yurtdoshlarimiz uning dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishi va hujjatni istalgan manzilda osongina qabul qilib olishi mumkin.

Ya’ni, xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kurerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.