Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Singapurda to‘liq moliyalashtiriluvchi hamda 87 400 AQSH dollarlik grant dasturi- Dato‘ Kho Hui Meng Scholarship

10.04.2022 08:49
Singapurda to‘liq moliyalashtiriluvchi hamda  87 400 AQSH dollarlik grant dasturi- Dato‘ Kho Hui Meng Scholarship

Davlat:

Singapur

Rasmiy havola:

admissions.smu.edu.sg

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida:

Singapur menejment universiteti - sifatli ta’lim beruvchi yuqori reyting (QS Global World Rankings talqiniga ko‘ra 2021-yilning 511-520-o‘rinlarini egallagan universitetlari qatorida) va global ta’sirga ega yetakchi kadrlarni yaratishga va keng miqyosda tadbirkor liderlarni yetishtirishga intilgan davlat tadqiqot universiteti.

See the source image

Grant haqida qisqacha:
Dato Kho Hui Meng grant dasturi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Singapur menejment universitetida istalgan darajadagi dasturlardan birida o‘qiyotgan birinchi kurs kunduzgi ta’lim talabalarini moliyaviy rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

Grant dasturi kimlar uchun?

  • Dunyoning istalgan davlatlaridan talabalar grant uchun nomzodlik qilishlari mumkin faqatgina Malayziyalik hamda Singapur fuqorolari, shunigdek Singapurda doimiy istiqomat qilayotgan yoshlardan tashqari;
  • Dastlab bu yerdagi univeristetlardan biriga qabul qilingan bo‘lishlari so‘raladi;
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari so‘raladi;
  • Ijtimoiy jihatdan faol hmada liderlik qobiliyatiga ega yoshlar uchun mo‘ljallangan;

Ariza topshirish jarayoni:

Nomzodlar grant dasturi uchun alohida ariza berishlari shart emas. Nomzodlik qila olish uchun ular avvvalo BU YERDAN universitetning bakalavr dastturlaridan biriga ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Onlayn ariza topshirish jarayonida, nomzodlar grant dasturiga qiziqishlari bor ekanini bildirib o‘tishlari kerak.

Qabul qilish talablari:

Talabalar SMUga kirish uchun SAT yoki ACT topshirishlari va mos tarzda kamida 1350 va 29 ball to‘plashlari kerak.

Til talabi:

Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish testlaridan birida kamida quyida ko‘rsatilgan minimal talabni bajarishlari kerak:

  • TOEFL IBT – 100
  • TOEFL PBT – 600
  • IELTS – 7.5
  • C1 Advanced – 191

Grantning manfaatli tomonlari:

Tanlangan talabalarga 87 400 AQSh dollari miqdorida subsidiya qilingan o‘qish to‘lovlari, o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar va 4 yilgacha o‘qish uchun Universitet tomonidan tasdiqlangan chet el talabalari dasturlari uchun mablag‘ beriladi.

Batafsil bu yerda