Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Community Solutions Program : AQSH da 4 oy yashab amaliyot o‘tash imkoniyati , barcha xarajatlar qoplanadi

18.09.2021 23:55
Community Solutions Program : AQSH da 4 oy yashab amaliyot o‘tash imkoniyati , barcha xarajatlar qoplanadi

Muddati:

27.10.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.irex.org

Grant turi:

Malaka oshirish, Tanlovlar

Umumiy Ma’lumotlar:

Community Solutions Program 2022 : Ushbu dastur jamiyatdagi muommolarni aniqlash hamda yaxshilashga qaratilgan bo‘lib ushbu dastur orqali butun dunyodan kelgan malakali yosh kadrlarni qayta o‘qitish hamda ularda leaderlik qobilyatlarini yanada rivojlantirish hamda o‘z mamlakatlariga ular qaytgandan so‘ng jamiyatlarida ijobiy o‘zgarishlarni yaratishga asoslangan. Ushbu dastur doirasida tanlab olingan nomzodlar 4 oylik mashg‘ulotlarni AQSH da o‘tashadi. Ushbu dastur amal qiladigan ma’lum bir davlatlar ro‘yxati mavjud (O‘zbekiston ham ro‘yxatda bor).

Dasturning afzalliklari:

  • Ishtirokchilarga J-1 viza yordami ko‘rsatiladi;
  • Stipendiya ishtirokchilarning o‘z shaharlaridan AQShgacha bo‘lgan sayohat xarajatlarini qoplaydi;
  • Ishtirokchilarga uy -joy, ovqatlanish va boshqa yashash xarajatlari uchun oylik nafaqa beriladi;
  • Ishtirokchining baxtsiz hodisalar va kasalliklardan sug‘urtasi qoplanadi;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Nomzod 25-38 yoshda bo‘lishi kerak (2022 yil 1 yanvar holatiga);
  • Nomzodlar jamoaviy rivojlanish bo‘yicha ikki yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak;
  • Ariza beruvchi hozirgi talaba bo‘lmasligi yoki hozirda AQShda o‘tkaziladigan tadqiqot loyihalarida qatnashmasligi kerak;
  • Til bilish sertifikatlari so‘raladi IELTS/TOEFL (agar yarim finalga chiqsa);
  • Nomzod 2022 yil avgustdan dekabrgacha AQShga to‘rt oyga bora olishi kerak;
  • Ariza beruvchilar dastur tugaganidan keyin kamida ikki yil davomida o‘z mamlakatlariga qaytishga majbur;
  • Ariza beruvchi IREXda hozirgi xodim bo‘lmasligi yoki IREX xodimi sifatida yaqin qarindoshi bo‘lmasligi kerak.

Eslatma:

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yo‘l yo‘riqlari bilan batafsil bu yerda tanishing;
  • Onlayn ro‘yxatdan o‘tishni boshlash uchun bu yerga o‘ting;

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2021-yil 27-oktabr

Dastur haqida batafsil bu yerdan bilib oling.