Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kirish imtihonlariga qadar necha marta chet tili imtihonlari tashkil etilishi aytildi

23.01.2023 11:33
Kirish imtihonlariga qadar necha marta chet tili imtihonlari tashkil etilishi aytildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi (eski DTM) xabar berishicha, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan: