Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Cambridge University : Buyuk Britaniyada Kembrij universitetida magistratura bosqichida qisman moliyalashtirilgan grant asosida tahsil oling.

17.10.2021 23:55
Cambridge University : Buyuk Britaniyada Kembrij universitetida magistratura bosqichida qisman moliyalashtirilgan grant asosida tahsil oling.

Muddati:

15.05.2022

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

boustany-foundation.org

Grant turi:

Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

The Cambridge University MBA Scholarship 2022 : Ushbu grant dasturi dunyoning eng yetakchi oliygohlaridan biri hisoblangan, dunyodagi 3- eng qadimiy bo‘lgan Kembrij universitetida magistratura bosqichida tashil olishni istagan yoshlar uchun qisman moliyalashtirilgan grant asosida tahsil olish imkoniyatini yaratadi. The Cambridge University MBA Scholarship 2022 grant dasturining asosiy maqsadi insoniyatning rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan yoshlarni yetkazib chiqarishdan iborat.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi lozim;
  • Istalgan millat va din vakillari ushbu grant uchun hujjat toshirishlari mumkin;
  • Nomzodlar Kembrij univeristetiga rasman qabul xatini qabul qilganlaridan so‘ng ushbu grant uchun ariza toshirishlari mumkin bo‘ladi.
  • Nomzodlar 4 yillik bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishlari zarur;
  • GMAT ;
  • Eng oxirgi bosqichda saralab olingan nomzodlar bilan intervyu bo‘lib o‘tadi.

Grantning afzalliklari:

  • Kontrak to‘lovlari uchun o‘rtacha $41.000 AQSH dollari miqdorida yordam ko‘rsatiladi;
  • Sayoxat xarajatlari to‘lab beriladi.

Grant uchun qabul jarayoni: Agarda siz ham hujjat yo‘llamoqchi bo‘lsanggiz o‘zinggizning tarjimai holingizni (CV), shunungdek rasmingizni , GMAT ballaringiz hamda univeristetga rasman qabul xati zarur bo‘ladi. Ushbu hujjatlarni ushbu manzilga yo‘llang. Faqatgina ushbu saralashdan o‘tgan nomzodlargina intervyu bosqichiga chaqiriladi;

Ushbu univerisitet shuningdek grant dasturi haqida batafsil ma’lumotlarni mana bu yerdan olishlaringgiz mumkin