Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlar uchun 1 mlrdlik “Millat Umidi Granti” tanlovi

7.07.2022 15:53
Abituriyentlar uchun 1 mlrdlik “Millat Umidi Granti” tanlovi

Cambridge International University Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 1 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi - Respublika miqyosida tahsil olayotgan maktab bitiruvchilari va abituriyentlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moliyaviy rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Cambridge International University’ning xalqaro toifadagi professor-ustozlari va mutaxassislardan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Cambridge International University – bu Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC Diploma dasturi asosida ta’lim beradigan O‘zbekistondagi yagona oliy ta’lim muassasasidir. Universitet haqida barcha ma’lumotlarni cambridge.uz web-sahifasidan olishingiz mumkin.

Tanlov g‘oliblari Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati va Cambridge International University’ning maxsus granti bilan taqdirlanadi. Shuningdek tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Tanlovda qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda eng nufuzli universitet talabasiga aylaning.

Tanlov tashkilotchilari:

  • Cambridge International University va OLIYGOH.UZ jamoasi

Tanlov kimlar uchun?

  • Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun

Grant uchun kvota:

  • Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 70 nafar talaba uchun belgilangan.

Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi:

  • 16-iyul

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

“Millat Umidi Granti” tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar mana bu manzil (@GrantCIU_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Ushbu manzil orqali ishtirokchilar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadilar va bu orqali OLIYGOH.UZ platformasida nomzodlarning maxsus “Shaxsiy kabineti” shakllantiriladi.

Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim.

Tanlov bosqichlari

“Millat Umidi Granti” tanlovi 3 bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich

Birinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.

Imtihon turi: IQ va Ingliz tilining turli darajalariga oid 50 ta test savoli.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovining 1-bosqichi 16-iyul kuni soat 17:00 da boshlanadi va 23:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 60 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari mumkin. 1-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 2000 (ikki ming) nafar ishtirokchi 2-bosqichga o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich

Ikkinchi bosqich: Hujjatlar topshirish bosqichi bo‘lib, grant tanlovida ishtirok etayotgan nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida shakllantirgan “Shaxsiy kabinet” orqali belgilangan tartibda hujjatlarni taqdim etadilar.

Imtihonlardan saralangan nomzodlar quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda maxsus platforma oynasi orqali taqdim qiladilar:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID);
  • Xalqaro imtihon sertifikatlari (agar majvud bo‘lsa: IELTS, SAT);
  • Turli tanlov, olimpiada, musobaqa va loyihalarda erishgan yutuqlari;
  • Motivatsion xat (Motivatsion xat mavzusi: Why do I deserve to receive the Millat Umidi Scholarship? Nomzodlar nima uchun o‘zlarini “Millat umidi Granti” tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilishlari hamda oldilariga qo‘ygan maqsadlari to‘g‘risida yozilgan maxsus motivatsion xat. Bunda nomzodarning mustaqil fikrga egaligi, xatda aytilgan fikrlarning izchilligi va ravonligi shuningdek xulosaning o‘ziga xosligi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Motivatsion xatni ingliz tilida taqdim qilinadi. So‘zlarning umumiy miqdori 250 ta so‘zdan oshmasligi lozim).

Barcha hujjatlar nomzodlar tomonidan platforma orqali 18-iyuldan 20-iyulga qadar onlayn taqdim etiladi. Nomzodlarning hujjatlar yig‘majildlari mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, umumiy ballar hisoblab chiqiladi va natijalar e’lon qilinadi.

Muvaffaqiyatli motivatsion xat yozish uchun foydali maslahatlar:

  • Har bir bo‘lim uchun talablarni yaxshilab o‘qing va yozishni boshlashdan oldin ularni to‘liq tushunganingizga ishonch hosil qiling;
  • Nima yozmoqchi ekaningizni o‘ylab ko‘ring va o‘z fikrlaringizni tartib bilan rejalang;
  • Rejangizga kiritgan har bir fikrni batafsil bayon qilib, insho yozing;
  • Insho davomida aniq, qisqa va sodda tildan foydalaning;
  • Tugatganingizdan so‘ng, savolni qayta o‘qing, so‘ng insho har bir jihatga to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qilish uchun inshoingizni qayta o‘qib ko‘ring.

Bo‘lim / Reja

So‘z miqdori

Maksimal ball

Paragraph-1: Shaxsiy va professional maqsadlalaringizni qisqacha tavsiflang

50 so‘z

20

Paragraph-2: Nega aynan Cambridge Xalqaro Universitetida tahsil olishni maqsaq qildingiz?

100 so‘z

40

Paragraph-3: Nima uchun ushbu grantga aynan siz loyiq ekaningizni tushuntirib bering.

100 so‘z

40

Umumiy

250 so‘z

100

Foydali qo‘llanma: Millat Umidi -eng.docx

2-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 500 (besh yuz) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Uchinchi bosqich

Uchinchi bosqich: Ushbu bosqich Millat Umidi Granti” tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar bu bosqichda maxsus yozma imtihondan o‘tishadi.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt va manzil: Tanlovning 3-bosqichi 27-iyul kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida Cambridge International University maxsus imtihonlar binosida bo‘lib o‘tadi.

Imtixon 2 qismdan iborat bo‘ladi:

  • Ingliz tili darajasini aniqlash imtixoni (Eshitish, O‘qish, Yozish);
  • Matematika va Mantiqiy-tahliliy test.

Ingliz tili imtihoni umumiy 100 balldan iborat bo‘ladi, shunda:

  • Listening – 30 ta savol, Part 1, Part 2, Part 3 – maksimum 30 ball;
  • Reading – 30 ta savol, Passage 1, Passage 2 – maksimum 30 ball;
  • Writing – Essay, 250 ta so‘z – maksimum ball 40 ball.

Matematika + Mantiqiy-tahliliy imtihoni:

Matematika va Mantiqiy-tahliliy imtihoni umumiy 60 balldan iborat bo‘ladi, shunda umumiy 30 ta savoldan iborat. Har bir savol javobi uchun 2 balldan belgilangan.

  • 60% Matematika savollari;
  • 40% mantiqiy-tahliliy savollar.

Shuni takidlash joizki, aynan shu testlarni na’muna (shablon) variantlarini yuklab olishingiz va tayyorgarlik ko‘rishingiz uchun taqdim qilamiz. 3-bosqich imtihon variantlari namunalari bilan tanishishingiz mumkin:

Ingliz tili imtihoni:

- Listening: Scholarships Exam -Listening.pdf

- Answers Section1.mp3

- Answers Section2.mp3

- Answers Section3.mp3

- Reading: Scholarships Exam - Reading.pdf

- Writing: Scholarships Exam - Writing.pdf

Matematika va Mantiqiy-tahliliy imtihoni:

- Questions: Sample of Mathematics Entrance Examination 2022.docx

- Answers: Answers for Sample Math Entrance exam 2022.docx

Yakuniy bosqich 27-iyul sanasidan so‘ng, 14 kun davomida ishtirokchilarning imtihon natijalarini maxsus kommisiya tomonidan shaffoflik bilan tekshiriladi va 11-avgust sanasida natijalar e’lon qilinadi. Eng munosib deb topilgan nomzodlar tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovi g‘oliblari Cambridge International University’ning maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida tantanali ravishda taqdirlanadi.

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • Eng yuqori natija ko‘rsatgan 15-20 nafar nomzodga Cambridge International University’ning maxsus 100% foizlik ta’lim granti (Ushbu grant talabaning 1 yillik o‘quv yili kontraktini to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.
  • Final bosqichida faol ishtirok etib, natijalari yuqori deb e’tirof etilgan navbatdagi 20-25 nafar nomzodga Cambridge International University’ning maxsus 50% foizlik ta’lim granti (Ushbu grant talabaning yarim yillik o‘quv yili kontraktini to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.
  • Shuningdek, final bosqichida yaxshi natija ko‘rsatgan 20-25 nafar nomzodga ham ma’lum miqdorda 30% foizlik maxsus ta’lim granti (Ushbu grant talabaning kontrakt to‘lovining 30% ni to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozishingiz mumkin.

Cambridge International University o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli talabalariga omad tilaydi!

Ma’lumot uchun, Cambridge International University (CIU) 2020-yilda Umidjon Ishmukhamedov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2021-2022 o‘quv yilida 500 dan ortiq talabalar xalqaro Pearson BTEC dasturi doirasida tahsil oldi. Bizning Universitet Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC xalqaro dasturi asosida ta’lim beradigan O‘zbekistondagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet maqsadi Talaba manfaati va tadbirkor ehtiyojini birlashtiruvchi ko‘prik vazifasini bajarib, zamon talablariga mos Biznes, Moliya, IT va ELT (ingliz tili o‘qitish) yo‘nalishlarida barchaga milliy va xorijiy dasturlar asosida sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratishdir.

Bizning asosiy kuchimiz yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va fidoyi xodimlarning kuchli jamoasi hisoblanadi. Qulay sharoitlar va texnik imkoniyatlar ta’lim jarayonining ajralmas qismi deb bilamiz, va shuning uchun ham dunyo universitetlari qo‘llaydigan CANVAS LMS platformasi ham talabalar va ustozlar uchun foydalaniladi. Hozirda Novzadagi 5 qavatlik zamonaviy o‘quv binoimizda leksiya zallar, maxsus IT xonalari, seminar xonalar, Cambridge Cafesi, kutubxona va co-working zonalar va talabalar uchun do‘stona atmosfera yaratilgan. Hattoki, 4-qavatda IELTS IDP va Study Abroad kabi hamkorlarimiz ham faoliyat olib borishadi.

Biz hozirda universitetni boshqa oliygohlardan ajratib turadigan bir qator afzalliklarni taklif qilamiz. Zamonaviy talablarga mos dasturlar, innovatsion metodlar asosida professional ustozlar ishtirokida ilm olish va Biznes, Moliya, Axborot texnologiyalari, ingliz tili o‘qitish sohasida muvaffaqiyatga erishish istagida bo‘lgan barchaga sifatli, Eksklyuziv 5 yangi bakalavr fakultetlarini tanlash imkoniyatini yaratdik, bular:

— Xalqaro Pearson BTEC Biznes dasturi (Marketing, HR)

— Amaliy Buxgalteriya va Moliya (ACCA, CIMA dasturi);

— Axborot Texnologiyalari (IT, Dasturiy ta’minot muhandisligi);

— Ingliz tili filologiyasi (IELTS, TKT, CELTA)

— Biznes boshqaruvi (Milliy O‘zbek tilida);

Ushbu dasturlar doirasida olingan bilimlar bitiruvchilarga o‘zlari tanlagan sohada xalqaro ta’lim muhitini yaratish imkonini beradi.

Universitetning rasmiy web-sahifasi: cambridge.uz

Universitet manzili: Cambridge International University