Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida pasport (id karta) olishlari shart, bo‘lmasa...

26.01.2023 11:05
16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida pasport (id karta) olishlari shart, bo‘lmasa...

Bo‘lmasa, ular kirish imtihonlarida ishtirok eta olmaydi

Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz, deya Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yozmoqda.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga (http://e.shahodatnoma.uz/) hozircha kiritilmagan.