Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Berea College: AQSH da bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun 4 yillik $176 000 ming dollar grant

22.10.2021 23:45
Berea College: AQSH da bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun 4 yillik $176 000 ming dollar grant

Muddati:

30.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.mycoalition.org

Grant turi:

Bakalavriatura

Umumiy Ma’lumotlar: AQSHda joylashgan Berea Collegeda bakalavriat bosqichida tahsil olish imkoniyati. Bakalavriat bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun 4 yillik davr uchun $176 000 AQSH dollari miqdorida grant ajratiladi. Ushbu universitet AQSHda 13-o‘rinni egallagan bo‘lib umumiy hisobda 33 ta yo‘nalish mavjud. Ushbu dastur boyicha haftasiga kamida 10 soat davomida tahsil olishi kerak.

Muhim sanalar:

  • Oxirgi muddat: 30.11 2021;
  • Yakuniy natijalar 01.05.2022 e’lon qilinadi.

Kerakli Hujjatlar:

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘ting;
  • Personal essay;
  • Ingliz tiliga tarjima qilingan holda maktab/kollej/litesy baholari;
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • One Financial Resources Confirmation Form(Ingliz tiliga tarjima qilingan holda);
  • TOEFL, IELTS, ACT, SAT yoki Duolingo testlari nusxasi. Eslatma: Berea college ga hujjat topshirish uchun dastlab My Coalition profini yarating so‘ngra kerakli hujjatlarni yuklang.

Grantning manfaatli jihatlari: 4 yillik kontrakt miqdori $176 000 AQSH dollari qoplab beriladi . O‘rtacha talaba qiladigan xarajatlar $1000 dollarni tashkil etadi oziq ovqat hamda turar joy xarajatlari bilan birgalikda. Shuningdek o‘quv qurollari uchun ham moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.

Eslatma : Dasturga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin bu yerdan batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.