Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Barcha talaba yoshlar uchun "Wikipedia" maqolalar tanlovi e’lon qilindi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar hamda diplom bilan taqdirlanishadi

12.05.2022 22:08
Barcha talaba yoshlar uchun

Muddati:

10.06.2022

Rasmiy havola:

mininnovation.uz

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi maʼlumotlar hajmi va koʻlamini kengaytirish hamda Global innovatsion indeksda respublikamiz oʻrnini mustahkamlashga jalb qilish, shuningdek, yosh avlodning ijtimoiy faolligi, internet savodxonligi va izlanuvchanligini ragʻbatlantirish maqsadida 2022 yilning 10 mayidan 10 iyuniga qadar faol talaba-yoshlar oʻrtasida “Wikipedia” portalining oʻzbek tilidagi segmentiga yangi maʼlumotlar va maqolalarni joylashtirish hamda ularni ommalashtirish boʻyicha tanlov oʻtkazilmoqda.

Tanlovda respublikamizdagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha oliy taʼlim muassasalari va ularning qoshidagi oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (texnikumlar, kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va boshqalar) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov yakunlariga koʻra eng koʻp maqola joylashtirgan 10 nafar talaba-yoshlar va talabalari eng koʻp maqola joylashtirgan 3 nafar oliy taʼlim muassasasi munosib taqdirlanadi.

Afzallik jihatlari:

  • Barcha g‘oliblarga sertifikat diplomlar topshiriladi;
  • Qimmatbaho hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alar beriladi;

Eslatma: Dastlab nomzodlar ushbu anketani to‘ldirishlari zarur;

Tanlov shartlari va baholash mezonlari:

  1. O‘zbekiston Respublikasida tahsil olayotgan barcha oliy ta’lim talabalari ishtirok etishlari mumkin;
  2. Nomodlar yuqorida ta’kidlab o‘tilgan onlayn anketani to‘ldirishlari kerak;
  3. Portalga yuklangan maqolalar lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida bo‘lishi shart;
  4. Yosh chegaralanmagan;
  5. Barcha maqolalar nomzod tomonidan tarjima qilingan bo‘lishi, oldin qilingan ishlar qayta joylanmasligi shuningdek ish sifati to‘liq nazoratga olinadi;

Oxirgi muddat: Tanlov 2022 - yil 10-maydan 10-iyunga qadar davom etadi;

Batafsil dastur nizomi bilan bu yerdan tanishib chiqing!