Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ozarbayjon: Magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish uchun 100% lik grant dasturi

18.05.2022 12:41
Ozarbayjon: Magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish uchun 100% lik grant dasturi

Muddati:

15.06.2022

Davlat:

Ozarbayjon

Rasmiy havola:

international.khazar.org

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

1991-yilda tashkil etilgan Xazar universiteti Ozarbayjonning Boku shahridagi xususiy universitetdir. Ushbu universitet jami 6 ta kampusga ega bo‘lib ularning ikkitasi Ozarbayjon bo‘ylab joylashgan qolgan 4 tasi esa Boku shahridadir.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan Khazar University Excellence Scholarship grant dasturi xalqaro talabalarning to‘liq o‘quv kursi to‘lovlarini qoplaydi va ularga Xazar Universitetida bepul o‘qish imkoniyatini beradi. Grant yashash, sayohat va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga olmaydi. Dastlab, grant talabaning akademik ko‘rsatkichlariga qarab uzaytirilishi sharti bilan bir yilga beriladi.

Grant dasturi uchun kimlar ariza berishlari mumkin?

Nomzodlar dastur munosib deb hisoblanishi uchun quyidagilar zarur:

  • Ozarbayjondan boshqa istalgan mamlakat fuqarosi bo‘lish;
  • Magistratura yoki doktorantura bosqichlari dasturlaridan biriga ariza topshirib o‘qishga qabul qilingan bo‘lish;
  • Avvalgi o‘qish darajalarida mukammal akademik ko‘rsatkichlarni va yuqori yutuqlarni namoyish etganlik;
  • Tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha akademik iste’dod va kuchli motivatsiyani namoyish etish.

Ariza topshirish jarayoni:

Xalqaro talabalar grant dasturiga nomzodlik qila olish uchun avvalo Xazar universitet magistratura yoki doktorantura bosqichlari o‘quv kurslaridan biriga ariza topshirishlari kerak. Xazar universiteti xalqaro talabalar uchun bakalavriat, magistratura va undan yuqor darajalarda bir qator o‘quv dasturlarini taklif etadi. 2022-2023 o‘quv yili uchun taqdim etilgan dasturlarning ro‘yxatini ko‘rish uchun BU YERGA tashrif buyuring va o‘zingiz uchun mos dasturni tanlab oling.

1. Arizangizni to‘ldiring:

Dasturingizni aniqlaganingizdan so‘ng, tanlangan o‘qish darajasi uchun ariza formasini yuklab oling (maqolaning eng oxirida berilgan) va ariza ko‘rsatmalariga muvofiq to‘ldiring.

2. Arizangizni yuboring:

Arizalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalqaro aloqalar idorasiga yuboriladi va xalqaro admissions@khazar.org elektron manziliga yoki barcha kerakli hujjatlar bilan birga pochta orqali yuborilishi kerak. To‘liq ariza paketini elektron pochta orqali yuborganingizda uni - "Sizning ismingiz_Khazar Xalqaro Qabul 2022-2023" tartibida nomlang. To‘liq yuborilmagan va kechiktirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza berish muddati:

Ariza berishning oxirgi muddati 2022-yil 15 iyunda Boku vaqti bilan 18:00 (18:00).

Ilovalar:

Applications for Admission

Bachelor-Application-2022

Master-Application-2022

PhD-application-2021

Batafsil bu yerda

Qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi manzilga bog‘laning:

Phone: (+99412) 421-17-08; (+99412) 421-79-16 (ext.240)