O‘quv yilining istalgan davrida talabalarga akademik ta’til beriladimi?
01.02.2023 22:08

Bilim orqali dunyoni kashf et– Registon o‘quv markazi
Talabalarga akademik ta’til o‘quv yilining istalgan davrida, quyidagi muddatlarga beriladi:
- harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
- homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);
- salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).
Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Kontraktni to‘liq to‘lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?
17.03.2023 23:19
Oʻzbekistonda necha nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda?
02.03.2023 22:18
Rasmiy bayonot: 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarning imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi yolg‘on bo‘lib chiqdi
25.02.2023 22:15
Navro‘z bayramida necha kun dam olinadi?
25.02.2023 17:23