Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi! 1.5 millionga yaqin abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

21.07.2020 01:02
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi! 1.5 millionga yaqin abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlanganini ma’lum qilamiz.

Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.

Davlat test markazi ma’lumot berishicha, ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
  • Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
  • Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
  • Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
  • Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
  • Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).

    Qaysi yo‘nalishga nechta abituriyent hujjat topshirganligini bilish uchun Oliygoh.uz saytning "Oliygohlar" bo‘limiga kirish va kerakli oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.

    Bu orqali: qabul kvotasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida), hujjat topshirgan abituriyentlar soni, abituriyentlarning tanlov ko‘rsatkichini bilib olishingiz mumkin.

    ✅ Abituriyentlardan tushgan arizalar sonini doimiy bilib borish manzili: http://oliygoh.uz/oliygohlar

OLIYGOH.uz jamoasi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!