Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Tayyorgarlikni endi boshlagan abituriyentlar yoʻl qoʻyadigan 7 xatolik

25.01.2023 11:12
Tayyorgarlikni endi boshlagan abituriyentlar yoʻl qoʻyadigan 7 xatolik

Tayyorgarlikni endi boshlagan abituriyentlar yoʻl qoʻyadigan 7 xatolik

1. Keyinga qoldirish

Oʻquv yilining boshida vaqt bemaloldek koʻrinadi. Imtihonlarga tayyorgarlikni esa keyinroq boshlasa ham boʻladi, degan fikr boʻladi. Lekin ishni bugundan emas, balki bir oydan keyin boshlasangiz, tayyorgarlik yanada qiyinlashadi. Yarim yildan keyin boshlasangiz, oʻrganish uchun shunchalik mavzular koʻpligini koʻrib, shuncha vaqtdan beri hech narsa oʻrganmagandek oʻzingizni his qilasiz.

2. Oʻzingizga boʻlgan ortiqcha ishonch

Hattoki, doimo aʼlo baholarga oʻqigan oʻquvchilar ham testlarda yuqori natijalar olishadi, deb hech kim kafolat bermaydi. Imtihondagi natijangiz fanni qanchalik yaxshi oʻzlashtirganingizga, misol va masalalarni qanchalik yecha olishingizga va maʼlumotlarni qanchalik yaxshi eslab qolganingizga bogʻliq.

3. Pulni ortiqcha tejash

Imtihonga hech qanday xarajatlarsiz mustaqil tayyorlanish ham koʻpincha oʻz natijasini bermaydi. Telegramda bepul yoki juda kichik summaga oʻqitaman, bepul videodarslar orqali oʻrganasiz degan odamlarga ishonib qolmang. Malakali oʻqituvchilarga talab doim yuqori. Tajribadan oʻtgan oʻqituvchilarning kurslariga tayaning.

4. Boshqa mashgʻulotlarga vaqt ajratish

Imtihonlarda yaxshi natijaga erishish uchun, oʻzingiz uchun eng ustuvor maqsadlaringizni ajratib oling. Bir u narsa bilan, bir boshqa narsa bilan shugʻullanib, qanchalik koʻp narsa yoʻqotayotganingizni bilmay, vaqtni oʻtkazib yuborishingiz mumkin.

5. Silla quriguncha tayyorlanish

Damsiz va uyqusiz tayyorlanish ham asab tizimingizga salbiy va psixologik holatingizga taʼsir oʻtkazishi mumkin. Imtihonga muvaffaqiyatli tayyorlanish uchun hamma narsani toʻgʻri taqsimlay olishni bilish kerak. Doʻstlar bilan uchrashish va hordiq chiqarishga vaqt ajratish oʻta muhim.

6. Boshqalarning muvaffaqiyatiga hasad qilish

Boshqalar bilan oʻzingizni solishtirishingiz yaxshi holat emas. Har kimning oʻz oʻzlashtirish tezligi, oʻrganish qobiliyati bor. Eʼtiborni oʻzingizga va erishayotgan natija va yutuqlaringizga qarating.

7. Oʻz yutugʻingizga ishonmaslik

Oʻz erishayotgan natijalaringizni eʼtiborsiz qoldirsangiz va har kunlik mehnatingizni nazar-pisand qilmay qadrini tushursangiz, qoʻrquv va ishonchsizlik sizga qurshab oladi. Undan tashqari bilim olish va eslab qolish qobiliyatingiz ham pasayadi.