Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyent ruxsatnomasini olish tartibi. Abituriyent-2022

3.08.2022 14:48
Abituriyent ruxsatnomasini olish tartibi. Abituriyent-2022

✅ Ma’lumki, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” taqdim etiladi.

✅ Abituriyentlar “Abituriyent ruxsatnomasi”ni Davlat test markazining rasmiy veb-sahifasi my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. Bu haqida Davlat test markazi alohida xabar beradi.

✅ Unda abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish hududi, test topshiriladigan sana va vaqt, test o‘tkaziladigan bino, test topshirish smenasi va guruh raqami kabi bir qator ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi.

OLIYGOH.UZ jamoasi eslatib o‘tadi, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

✅ Bu yilgi test sinovlari 8-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan, imtihonlar hududlardagi abituriyentlar sonidan kelib chiqib, 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev maʼlum qildi.

Oʻtgan yilgi tajribalardan kelib chiqqan holda test sinovlari 2 smenada oʻtkaziladi. 1-smena ertalabki soat 7:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa kechki 19:00dan 22:00gacha oʻtkazish rejalashtirilgan.

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

❗️Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

❌ Pasport (ID karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida quyidagilar bo‘ladi:

  • ID kodi;
  • abituriyent FIO
  • test topshiradigan sanasi va vaqti;
  • qaysi hududda test bo‘lishi;
  • bino raqami va sektori;
  • test o‘tkazish smenasi;
  • til;
  • guruh raqami.