Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyent ruxsatnomasini olish tartibi. Abituriyent-2021

28.07.2021 00:57
Abituriyent ruxsatnomasini olish tartibi. Abituriyent-2021

Bakalavriatga kirish testlarida qatnashish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 1-avgustdan boshlanadi.

✅ Abituriyentlar “Abituriyent ruxsatnomasi”ni Davlat test markazining rasmiy veb-sahifasi my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

✅ Ma’lumki, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” taqdim etiladi.

✅ Unda abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish hududi, test topshiriladigan sana va vaqt, test o‘tkaziladigan bino, test topshirish smenasi va guruh raqami kabi bir qator ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi.

OLIYGOH.UZ jamoasi eslatib o‘tadi, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Imtihonlar 5 avgustdan boshlanib, ochiq stadionlar va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

✅ Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.