Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

11 yoshli bola IELTS’dan 7,5 ball oldi

23-may 19:27
11 yoshli bola IELTS’dan 7,5 ball oldi

O‘zbekistonda 11 yoshli 4-sinf o‘quvchisi 7,5 ball bilan IELTS xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirobod tumanidagi 147-sonli umumta’lim maktabining 4-“B" sinf o‘quvchisi Abdulloh Egamberdiyev ingliz tilidan 7,5 ball jamg‘arib, IELTS xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgan.

“O‘quvchimizni qo‘lga kiritgan natijalari bilan muborakbod etamiz", deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, IELTS (International English Language Testing System) bu ingliz tilini bilishni baholashning xalqaro tizimidir. 130 ta davlatda 900 ta test markazlari IELTS’ni tashkil qiladi va o‘tkazadi.

Akademik IELTS yiliga 48 marta o‘tkaziladi. IELTS balli 0 dan 9 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi.